Xavfsizlik kamari taqishdan ozod etiladigan shaxslar roʻyxati tasdiqlandi
Bu huquqdan foydalanish uchun tibbiyot muassasalaridan maxsus QR-kodli elektron maʼlumotnoma olish kerak boʻladi.

Xavfsizlik kamari taqishdan ozod etiladigan shaxslar roʻyxati tasdiqlandi.
Sogʻliqni saqlash vazirining yangi buyrugʻi bilan ( 2026 yil 13 yanvar) salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan shaxslar roʻyxati rasman tasdiqlandi.
Roʻyxatga jami 20 turdagi kasallik va holatlar kiritilgan:
Jarohatlar va sinishlar: oʻmrov, toʻsh suyagi, yelka kamari, qovurgʻalar va umurtqa pogʻonasining sinishi holatlarida.
Nafas olish tizimi: oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi va bronxial astmaning IV bosqichi, shuningdek, oʻpkaning bir qismi yoki bittasi butunlay olib tashlangan holatlar.
Yurak-qon tomir tizimi: Surunkali yurak yetishmovchiligining III va dekompensatsiya bosqichi, ogʻir infarkt va ishemiya holatlari.
Jismoniy holatlar: III darajali (morbid) semizlik (TMI 40 dan yuqori).
Boʻyi 150 santimetrdan past boʻlgan shaxslar (nanizm).
Bu huquqdan foydalanish uchun tibbiyot muassasalaridan maxsus QR-kodli elektron maʼlumotnoma olish kerak boʻladi.
Odatda maʼlumotnoma 1 yil muddatga beriladi. Ayrim holatlarda bu muddat oʻzgarishi mumkin.