platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda yaqin kunlarda havo harorati pasayib ketadi

Hududlarda qor va yomgʻir yogʻishi kutiladi. Shimolda harorat  kechasi 2-7° sovuqqacha tushadi. 

Oʻzbekistonda yaqin kunlarda havo harorati pasayib ketadi

Oʻzbekistonda yaqin kunlarda havo harorati pasayadi. 14-17 yanvar kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi.

Respublika shimolida havo harorati oʻzgaruvchan boʻladi, 14 yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 15 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 16-17 yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi, 15-17 yanvarda kechasi 2-7° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 14 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15-17 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi, 15-17 yanvarda kechasi 0-5° sovuqqacha, kunduzi 15-16 yanvarda 0-5° iliqqacha pasayadi, 17 yanvarda 2-7° iliq boʻladi; Navoiy viloyati shimolida 14 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi, 15-17 yanvarda kechasi 2-7° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 14 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15 yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 16-17 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi, 15-17 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 14 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15 yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 16-17 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-15 yanvarda 3-8° iliq boʻladi, 16-17 yanvarda 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi, kunduzi 14 yanvarda 17-22° iliq boʻladi, 15-16 yanvarda 1-6° iliqqacha pasayadi, 17 yanvarda 2-7° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYaTLARI

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 14-15 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16-17 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, faqat 16 yanvarda 0-5° iliq, kunduzi 14-15 yanvarda 5-10° iliq boʻladi, 16-17 yanvarda 0-5° iliqqacha pasayadi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 14 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 15-16 yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi, 16-17 yanvarda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuqqacha pasayadi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid