Oʻzbekiston TIV Erondagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi
Hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakat fuqarolari qayd etilmagan.

Oʻzbekiston TIV Erondagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi.
Vazirlik "Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini" bildirgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Erondagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.
"Shu munosabat bilan, Eronda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroq boʻlishni hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etishni soʻrab qolamiz.
Zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Tehron shahridagi Elchixonasiga telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin", deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2025 yil oxiridan beri Eronda iqtisodiy inqiroz sabab namoyishlar boʻlib oʻtmoqda. Unda 544 nafar kishi oʻlgani maʼlum.
Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi mamlakat mojaro ehtimoliga tayyor ekanini, shu bilan birga muzokaralarga ham ochiqligini bildirdi.