platina.uz
Jamiyat

Tailandda oʻzbekistonliklar tushgan kater halokatga uchradi

Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. 

Tailandda oʻzbekistonliklar tushgan kater halokatga uchradi

Tailandda oʻzbekistonlik sayyohlar tushgan kater halokatga uchradi. TIV holat yuzasidan bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Tailand Qirolligining Pxuket orolida sodir boʻlgan kater halokati va undagi Oʻzbekiston fuqarolari haqida xabarlar tarqaldi.

Joriy yilning 11 yanvar kuni halokatga uchragan katerda 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.

Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlangan fuqarolar toʻliq sogʻaygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.

Shuningdek, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sugʻurta mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab berilgan.

Hodisa yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sogʻliqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan, deyiladi xabarda.

Taʼkidlash kerakki, qayiqda Rossiya, Qozogʻiston, Buyuk Britaniya va Polsha fuqarolari ham boʻlgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid