platina.uz
Jamiyat

Samarqand tumani tugatiladi

Qaror Samarqand shahrini “millionli shahar”ga aylantirish maqsadida qabul qilingan. 

Samarqand tumani tugatiladi

Samarqand tumani tugatiladi— shahar “millionli” maqomga yaqinlashmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yigʻilishida "Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatish, Oqdaryo, Pastdargʻom, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qonunchilik palatasi qarori deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Parlament quyi palatasida muhokama etilayotgan qaror loyihasiga koʻra, Samarqand tumani alohida maʼmuriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi.

Qaror Samarqand shahrini “millionli shahar”ga aylantirish maqsadida qabul qilinmoqda. Shu munosabat bilan shahar chegaralari qayta koʻrib chiqiladi.

Natijada Samarqand shahri hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargacha kengayadi. Aholi soni va shahar infratuzilmasi keskin oshishi kutilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid