Parij koʻchalarida yuzlab traktorlar namoyishga chiqdi
Ularni YeI va Janubiy Amerika savdo kelishuvi oqibatlaridan xavotir bildirgan past daromadli fermerlar boshqargan.

Parij koʻchalariga 350 traktor chiqdi: fermerlar savdo bitimiga qarshiligini shu tarzda bildirdi.
Past daromadli, YeI va Janubiy Amerika savdo kelishuvi oqibatlaridan xavotir bildirgan fransiyalik fermerlar seshanba kuni Parij markazida traktorlar bilan norozilik namoyishi uyushtirib, parlament binosi oldiga yoʻl oldi.
Fransiyalik fermerlar past daromadlar va Yevropa Ittifoqining Janubiy Amerika bilan tuzilgan savdo kelishuvi tufayli oʻz tirikchiliklariga tahdid borligidan xavotir bildirgan. Ular bugun Parijdagi parlament tomon taxminan 350 ta traktor bilan norozilik namoyishi oʻtkazdi.
Fermerlar tosh yotqizilgan Parij koʻchalari boʻylab traktorlarini haydab, daromadlarning kamligi hamda YeI–Janubiy Amerika savdo bitimiga qarshi chiqishdi.
Politsiya hamrohligida harakatlangan traktorlar Shan-Elize va Parijning boshqa koʻchalaridan oʻtib, tirbandlik vaqtida shahar harakatini izdan chiqardi hamda Sena daryosi ustidan oʻtib, Milliy Assambleyagacha yetib bordi.
Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida fermerlarning noroziligi bir qator muammolar fonida kuchayib bormoqda. Bugungi namoyishlarga boshchilik qilgan kasaba uyushmalari Fransiyaning oziq-ovqat xavfsizligini himoya qilish uchun aniq va favqulodda choralar koʻrishni talab qilayotganini bildirdi.
Fransiya hukumati vakili Mod Brejon TF1 telekanaliga bergan intervyusida hukumat fermerlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaqin vaqt ichida yangi bayonotlar berilishini aytdi.
Prezident Emmanuel Makron va uning hukumati Yevropa Ittifoqi bilan "Mercocur" oʻrtasidagi savdo bitimiga qarshi chiqmoqda. Biroq YeI davlatlarining aksariyati uni qoʻllab-quvvatlayotgani sababli, kelishuv 17 yanvar kuni Paragvayda imzolanishi kutilmoqda.
Yevropalik fermerlar Braziliya, Argentina, Boliviya, Paragvay va Urugvayni oʻz ichiga olgan "Mercocur" mamlakatlari bilan savdo bitimini uzoq vaqtdan beri tanqid qilib keladi. Ularning taʼkidlashicha, ushbu kelishuv bozorni arzon import mahsulotlari bilan toʻldirib yuborishi mumkin.