platina.uz
Sport

Oʻzbekiston yoshlari Janubiy Koreyaga imkoniyat qoldirmadi

Shu tariqa 7 ochko bilan guruhni birinchi oʻrinda yakunlab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Oʻzbekiston yoshlari Janubiy Koreyaga imkoniyat qoldirmadi

Saudiya Arabistonida oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi S guruhi 3-turida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi janubiy koreyalik yoshlarga imkon qoldirmadi.

Birinchi boʻlimda jamoalar asosan ehtiyotkorlik bilan oʻynadi. Chunki har ikkala jamoa uchun ham gʻalaba kerak edi.

Ikkinchi boʻlim boshida esa Behruzjon Karimov chiroyli gol bilan hisobni ochgan boʻlsa, 70-daqiqada Saidumarxon Saidnurullayev ham ajoyib golga mualliflik qildi.

Guruhning narigi oʻyinida Eron sensatsion tarzda Livanga kichik hisobda magʻlub boʻldi.

Osiyo kubogi, S guruhi, 3-tur

Oʻzbekiston - Janubiy Koreya 2:0

Gollar: Karimov 49, Saidnurullayev 70

Eron - Livan 0:1

Gol: Shahin 56 pen.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid