Milliy terma yigʻiniga chaqirilgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi
Roʻyxatda legionerlar yoʻq. Kannavaro mahalliy chempionatda oʻynayotgan futbolchilarni jalb etdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar eʼlon qilindi.
Murabbiylar shtabi jamoaning birinchi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga chaqirilgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Oq boʻrilar"ning birinchi oʻquv-mashgʻulot yigʻini 20 yanvar kuni BAAda boʻlib oʻtadi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro milliy chempionatda ishtirok etayotgan futbolchilarni chaqirdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini uchun tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar: Oʻtkir Yusupov, Vladimir Nazarov, Edem Nemanov;
Himoyachilar: Mahmud Muhammadjonov, Avazbek Oʻlmasaliyev, Otabek Axadov, Dostonbek Tursunov, Zafarmurod Abdirahmatov, Alibek Davronov, Jahongir Urzov, Dilshod Komilov, Ibrohimxalil Yoʻldoshev;
Yarim himoyachilar: Ibroxim Ibrohimov, Xurshid Gʻiyosov, Jasurbek Jaloliddinov, Sherzod Esanov, Quvondiq Roʻziyev, Abbos Gʻulomov, Javoxir Xusanov, Abrorabek Ismoilov, Ikromjon Aliboyev;
Hujumchilar: Rustam Turdimurodov, Aziz Xolmurodov, Samandarjon Mavlonqulov, Anvarjon Hojimirzayev, Firdavs Abdurahmonov, Alisher Odilov, Oybek Bozorov, Nodirbek Abdurazzoqov.
