platina.uz
Jamiyat

"Hududgaztaʼminot" salkam 1,5 mlrd soʻmga qimmatbaho avtomobillar sotib oldi

Tashkilot xaridlarni xizmat mashinalarini bosqichma-bosqich ekologik toza, “yashil” avtomobillarga almashtirish bilan izohlagan. 

"Hududgaztaʼminot" salkam 1,5 mlrd soʻmga qimmatbaho avtomobillar sotib oldi

"Hududgaztaʼminot" salkam 1,5 mlrd soʻmga qimmatbaho avtomobillar sotib oldi.

Xususan, 1 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻga ikki dona qora rangli BYD ATTO 8 hamda qariyb 400 mln soʻmga BYD SONG PLUS avtomobili sotib olingan.

Tarmoqdagi xabarlarga tashkilot matbuot xizmati izoh berdi.

Aytilishicha, xaridlar Prezidentining “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 443-sonli Qaroriga koʻra amalga oshirilgan.

Jumladan, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalar tomonidan avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari doirasida 2023–2025 yillardagi maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha elektromobillar va gibrid avtomobillarni xarid qilishga ruxsat berilgan.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJda xizmat mashinalarini bosqichma-bosqich ekologik toza, “yashil” avtomobillarga almashtirish jarayonlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid