Zohid Karayev "Oʻzbekneftgaz" raisi oʻrinbosari etib tayinlandi
Tashkilot tuzilmasida raisning alohida oʻrinbosari lavozimi kiritilib, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tashkil etilgandi.

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruv raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi.
Zohid Karayev "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruv raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bungacha u Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bugun prezident huzuridagi yigʻilishda sohadagi korrupsion xavflarni oldini olish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” tuzilmasida raisning alohida oʻrinbosari lavozimi kiritilib, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tashkil etilgani maʼlum qilingan edi.
Tizimdagi har qanday noqonuniy holatni tezkor aniqlash va oldini olish boʻyicha samarali tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.
