platina.uz
Sport

Xabi Alonso "Real" murabbiyligidan isteʼfoga chiqdi

Tomonlar amaldagi shartnomani oʻzaro kelishuv asosida bekor qilishga qaror qilishgan. Bir kun avval jamoa azaliy raqibiga qarshi bahsda yutqazgandi.   

Xabi Alonso "Real" murabbiyligidan isteʼfoga chiqdi

"Real" klubi murabbiy Xabi Alonso isteʼfoga chiqdi.

Madrid klubi eʼlon qilgan bayonotga koʻra, tomonlar amaldagi shartnomani oʻzaro kelishuv asosida bekor qilishga qaror qilishgan.

Eslatib oʻtamiz, kecha "Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

La Ligada esa madridliklar 19 turdan soʻng 45 ochko jamgʻargan holda 2-oʻrinda borishmoqda va peshqadam "Barsa"dan 4 ochkoga ortda qolishyapti.

Xabi Alonso 2025 yilning yozida Karlo Anchelotti oʻrniga "Real" boshqaruviga kelgan va klub bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagandi. Isteʼfo sabablari hozircha oshkor qilinmagan.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, jamoaning sobiq himoyachisi va shu vaqtgacha "Kastilya" jamoasini boshqarib kelayotgan Alvaro Arbeloa "Real" boshqaruvini oʻz qoʻliga olgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid