platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda ayolni molxonada saqlab kelganlarga sud hukmi oʻqildi

Turmush oʻrtogʻining tilida nuqsoni borligi, fikrlarini toʻliq bayon qilishga qiynalishidan foydalangan erkak 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Surxondaryoda ayolni molxonada saqlab kelganlarga sud hukmi oʻqildi

Surxondaryoda ayolni molxonada saqlab kelganlarga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Sh.A., Uzun tumanida ayol va uning yangi tugʻilgan farzandiga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazgan.

U xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan oldindan til biriktirib, norasmiy turmush oʻrtogʻi fuqaro X.G.ni ruhiy holatidagi oʻzgarishlari borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini toʻliq bayon qilishga qiynalishi) foydalanib bir necha oy davomida unga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik ishlatib, majburlab, xonadon ichidagi molxonada yashirin ravishda saqlab kelishganligi aniq boʻlgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tuman sudining hukmi bilan A. Sh. Jinoyat kodeksining 126-1, 127, 25,135 va 138-moddalarida, M. Sh. (ayol, 1975 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan), K. Sh. (ayol, 1978 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan) va Z. A. (ayol, 1951 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan) 104, 127, 25,135 va 138-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Sudning hukmi bilan A. Sh.ga 13 yil, M. Sh. va K. Sh.ga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Z. A.ga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid