Rossiyalik propagandist Solovyov Markaziy Osiyoga qarshi "harbiy operatsiya" haqida gapirdi
Jurnalist Ukrainadagi vaziyatni misol qilib keltirdi va Markaziy Osiyoda ham shunday boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Rossiyalik jurnalist Vladimir Solovyov Markaziy Osiyo mamlakatlariga qarshi strategik harbiy operatsiya zarurligini taʼkidladi. Bu haqda u oʻz dasturida gapirgan.
Solovyov milliy xavfsizlik uchun Rossiya mintaqaga qarshi strategik harbiy operatsiya boshlashi kerakligini taʼkidladi.
Jurnalist Ukrainadagi vaziyatni misol qilib keltirdi va Markaziy Osiyoda ham shunday boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
"Xalqaro huquq va xalqaro tartib ahamiyatsiz. Agar milliy xavfsizligimiz uchun Ukraina hududida strategik harbiy operatsiya boshlashimiz kerak boʻlsa, nega xuddi shu sabablarga koʻra taʼsir zonamizning boshqa qismlarida ham operatsiya boshlay olmaymiz?", dedi jurnalist.
Shuni taʼkidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistning soʻzlarini milliy xavfsizlikka tahdid sifatida qabul qilishdi.
Mintaqadagi koʻplab siyosatchilar oʻz tashqi ishlar vazirliklarini Rossiyaga nota yuborishga chaqirmoqdalar.
Rossiyalik arboblar avval ham mintaqa boʻyicha tahdidli bayonotlar bilan chiqishgan.
Masalan, 2023 yilda yozuvchi Zaxar Prelipin Oʻzbekistonni Rossiyaga qoʻshib olish haqida gapirgandi.