platina.uz
Jamiyat

"Barselona" gollarga boy oʻtgan el-klassikoda gʻalaba qozondi

Jidda shahrida Ispaniya Superkubogi finali boʻlib oʻtdi. 

"Barselona" gollarga boy oʻtgan el-klassikoda gʻalaba qozondi

"Barselona" gollarga boy oʻtgan el-klassikoda Ispaniya superkubogini qoʻlga kiritdi.

Jidda shahrida Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Barselona" — "Real" oʻyini boʻlib oʻtdi.

Dastlab Rafinya 36-daqiqada gol urib, hisobni ochdi. Vinisius Junior bunga 45+2 daqiqadagi ajoyib goli bilan javob qaytardi. Ammo, ikki daqiqa oʻtar oʻtmas, aniqrogʻi 45+4 daqiqada Robert Levandovski kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

“Barsa” tanaffusga gʻalaba bilan chiqib ketishga yaqin edi, ammo Gonsalo Garsiya 45+7 daqiqada hisobni tenglashtirdi. Oʻyindagi hal qiluvchi golni 73-daqiqada Rafinya Kurtua qoʻriqlayotgan darvozaga kiritdi. Qayd etish kerakki, 90+1 daqiqada Frenki de Yong maydondan chetlatildi.

Yakunda “Barselona” “Real”ni magʻlub etib, Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid