Azamat Oʻroqov IIV Probatsiya boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi
U avval Navbahor tumani hokimi sifatida ishlagan.

Azamat Oʻroqov IIV Probatsiya boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Ichki ishlar vazirligida Prezidentning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-son qarori ijrosi yakunlari muhokama qilindi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizdagi 4 034 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi. Bu esa umumiy mahallalarning 44,8 foizi “yashil” toifada saqlanib qolishiga xizmat qildi.
Tadbir yakunida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga muvofiq, vazirlikning amaldagi zaxirasida boʻlgan polkovnik Oʻroqov Azamat Shodiyevich Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻining oʻrinbosari — Probatsiya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
U avval Navbahor tumani hokimi boʻlib ishlagan.