Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan 1 mlrd soʻmlik dorilar aniqlandi
Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona postida tekshiruv oʻtkazilgan.

Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan dori vositalari toʻxtatib qolindi.
DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga chiqib ketayotgan, 1999 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Lochin” rusumli mototransport vositasi tegishli tartibda koʻrikdan oʻtkazildi.
Natijada, uning tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib qoʻyilgan va bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln soʻmni tashkil etuvchi “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi jami 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlangan.
Dorilar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlanib, holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.