Fargʻonada bojxona posti rahbari 4 yilga qamaldi
U Qirgʻizistondan 80 ta uyali telefonni qonunsiz oʻtkazish evaziga 5 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.

Fargʻonada bojxona posti rahbari pora bilan qoʻlga olindi.
Viloyatda joylashgan chegara-bojxona postlari rahbaridan biri Qirgʻizistondan 80 ta uyali telefonni qonunsiz oʻtkazish evaziga 5 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi. Maʼlum boʻlishicha, u fuqaroga mahsulotni oʻtkazib berish evaziga pul soʻrash tashabbusi bilan chiqqan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Quva tuman sudi qaroriga koʻra, u 4 yil ozodlikdan mahrum qilindi.
Shuningdek, u 3 yil bojxona tizimida ishlash huquqidan mahrum etildi.
Avvalroq Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan 1 mlrd soʻmlik dorilar aniqlangandi.