Quva tumanida qadimiy shaharcha qoldiqlari topildi
110 ming kvadrat metr maydonni egallagan Quva qadimiy shaharchasi xarobalari Fargʻona vodiysining Oʻzbekiston qismida joylashgan.

Quva tumanida qadimiy shaharcha qoldiqlari topildi.
Fargʻonadagi Quva qadimiy shaharchasidan qolgan devorlarining miloddan avvalgi 3 asrdan milodiy 10 asrgacha boʻlgan qismi topildi.
"Sinxua" axborot agentligining yozishicha, oʻzbek-xitoy arxeologlar jamoasidan iborat Loyan-Fargʻona qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi ishtirokchilari ushbu topilma Ipak yoʻlidagi qadimiy shaharning tarixiy rivojlanishini hamda Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi madaniy almashinuvlarni oʻrganish uchun muhim moddiy dalil, deb hisoblaydi.
110 ming kvadrat metr maydonni egallagan Quva qadimiy shaharchasi xarobalari Fargʻona vodiysining Oʻzbekiston qismida joylashgan. Qadimgi Ipak yoʻlidagi muhim markaz sifatida bu mintaqa Xitoy bilan ikki ming yildan ortiq vaqt davomida uzoq muddatli aloqalarga ega boʻlgan.
Arxeologlarning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, bir necha bor qayta qurilgan istehkomlar uzoq vaqt davomida - Parfiya, Dayuan va Soʻgʻd davrlaridan tortib Somoniylar davrigacha ishlatilgan.
Eslatib oʻtamiz, noyabr oyida Oʻzbekiston hududidan qadimiy "temir shahar" izlari topilgani aytilgandi.
Marsmanda Ipak yoʻli tizimidagi muhim metallurgiya markazlaridan biri sifatida qayd etilgan boʻlib, aynan temir ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan.