platina.uz
Sport

Oʻzbekiston yoshlari eronliklar bilan murosa yoʻlini tanladi

Futbol boʻyicha Osiyo kubogining 2-tur oʻyini boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlari eronliklar bilan murosa yoʻlini tanladi

Saudiya Arabistonida oʻtayotgan Osiyo kubogi 2-tur oʻyinida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Eron termasi bilan durang qayd etdi.

Har ikkala jamoa ham maydonda bir-birini ayab harakat qildi, deyish mumkin. Ammo gʻalaba koʻproq eronliklarga zarurroq edi.

Shu sababdan ikkinchi boʻlimda ular hujumlarni zoʻr berdi. Biroq yakunda hisob ochilmadi.

Guruhning ikkinchi oʻyinida Janubiy Koreya termasi Livan ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, guruhda birinchi oʻringa chiqib oldi.

3-tur oʻyinlari 13 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya jamoalari maydonga tushadi.

Osiyo kubogi, S guruhi, 2-tur

Eron - Oʻzbekiston 0:0

Livan - Janubiy Koreya 2:4.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid