2021 yilga qadar guvohnoma olganlar qaytadan imtihon topshirmaydi
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi xabar boʻyicha ogohlantirdi.

2021 yilga qadar guvohnoma olganlar qaytadan imtihon topshirmaydi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “2021 yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan oʻtkazilishi” haqidagi xabarlar yuzasidan iizoh berildi.
"Ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va hech qanday huquqiy asoslarga ega emasligini maʼlum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yolgʻon xabarlarni tarqatib, fuqarolarni chalgʻitmasliklarini soʻrab qolamiz", deyiladi Yoʻl harakati xavfsizligi xabarida.
Xizmat MJtK ning 2022 - moddasi. Yolgʻon axborot tarqatish haqida eslatgan.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.