Toshkent aeroporti qalin tuman sabab oʻnlab reyslarni qabul qila olmadi
Ular muqobil aerodromlarga yoʻnaltirilgan. Ayni paytda aeroportda samolyotlarni joʻnatish va qabul qilishga cheklovlar olindi.

Toshkent aeroportidagi kuchli tuman sabab oʻnlab samolyotlar boshqa shaharlarga yoʻnaltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Oʻzbekistonda ayrim aeroportlardagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir nechta reyslar muqobil aeroportlarga yoʻnaltirildi:
-Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Nukus-Toshkent yoʻnalishidagi HY18 va Urganch-Toshkent yoʻnalishidagi HY58 reyslari Samarqanddagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Krasnodar-Namangan yoʻnalishidagi HY9834 reysi ekipaji ham Samarqanddagi muqobil aeroportga yoʻl olishga qaror qildi;
-Qanot Sharq aviakompaniyasining Seul-Toshkent yoʻnalishidagi QNT822 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Olmaota-Toshkent yoʻnalishidagi HY766 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Centrum Air aviakompaniyasining Istanbul-Toshkent yoʻnalishidagi C6306 reysi Samarqanddagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Frankfurt-Toshkent yoʻnalishidagi HY232 reysi Urganchdagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yoʻnalishidagi U62461 reysi Dushanbedagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Centrum Air aviakompaniyasining Urganch-Toshkent yoʻnalishidagi C6092 reysi joʻnash aeroportiga qaytdi;
-FlyOne aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yoʻnalishidagi 7Q3302 reysi Samarqanddagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boku-Toshkent yoʻnalishidagi HY756 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Azal aviakompaniyasining Boku-Toshkent yoʻnalishidagi J2531 reysi Ostonadagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Ural Airlines aviakompaniyasining Irkutsk-Toshkent yoʻnalishidagi U62719 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Centrum Air aviakompaniyasining Medina-Toshkent yoʻnalishidagi C63032 reysi Samarqanddagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Air Arabia aviakompaniyasining Sharja-Toshkent yoʻnalishidagi G9270 reysi Olmaotadagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Pobeda aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yoʻnalishidagi PBD741 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Aeroflot aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yoʻnalishidagi SU1870 reysi Navoiydagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-FlyOne aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yoʻnalishidagi 9S4308 reysi Dushanbedagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-FlyDubai aviakompaniyasining Dubay-Toshkent yoʻnalishidagi FZ1941 reysi Olmaotadagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Qozon-Toshkent yoʻnalishidagi HY650 va Moskva-Fargʻona yoʻnalishidagi HY9628 reysi Qarshidagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Novgorod-Toshkent yoʻnalishidagi HY9672 reysi Urganchdagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva-Toshkent yoʻnalishidagi UT805 reysi Dushanbedagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbul-Toshkent yoʻnalishidagi TK370 reysi Olmaotadagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-Centrum Air aviakompaniyasining Jidda- Termiz yoʻnalishidagi C63328 reysi Qarshidagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi;
-FlyOne aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yoʻnalishidagi 7Q6062 reysi Andijondagi muqobil aeroportga yoʻnaltirildi.
Parvozlar holati haqida batafsil maʼlumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish soʻralgan.
Ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportida samolyotlarni joʻnatish va qabul qilishga cheklovlar olindi.
Uzbekistan Airports aeroport odatiy rejimda faoliyatini davom ettirayotganini maʼlum qildi.