platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada avtomobil bakidan 11 kgdan oshiq narkotik topildi

Bundan tashqari 6945 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ham yashirilgan. 

Fargʻonada avtomobil bakidan 11 kgdan oshiq narkotik topildi

Avtomashina yoqilgʻi baki ichiga yashirilgan narkotik moddalar fosh boʻldi.

Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida joylashgan “Ravot” chegara-bojxona postida tekshiruv oʻtkazildi. Unda Tojikiston Respublikasidan kirib kelgan, Oʻzbekiston tumanida yashovchi, 1979 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida oʻrganilgan.

Natijada, avtomashinaning yoqilgʻi baki ichiga sof ogʻirligi 10 kg. 739 gr. “gashish”, 412 gr. “marixuana” va 35 gr. “opiy” giyohvandlik vositalari hamda 6945 dona “Royal” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Toshkentda hokimiyat mutaxassisi pora bilan ushlangandi.

U Uchtepa tumani hududida buzilishi lozim boʻlgan savdo doʻkonlari va boshqa manzillar roʻyxati tuzilayotganligini roʻkach qilib, tadbirkordan pul olgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid