platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yuk mashinasi bilan toʻqnashgan Onix haydovchisi vafot etdi

IIBB fuqarolardan tezlikni oshirmaslikni va charchoq holatida avtomashina boshqarmaslikni soʻradi. 

Toshkentda yuk mashinasi bilan toʻqnashgan Onix haydovchisi vafot etdi

Mirzo Ulugʻbek tumanida yuk mashinasi bilan toʻqnashgan Onix haydovchisi halok boʻldi.

Joriy yilning 8 yanvarida Mirzo Ulugʻbek tumani Yangi Oʻzbekoston koʻchasi ikkinchi darajali yoʻlida haydovchi 2004 yilda tugʻilgan M.R. Onix rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan. U yoʻl chetida harakatsiz toʻxtab turgan, 1966 yilda tugʻilgan S.R.ga tegishli boʻlgan GAZ-63 rusumli yukavtomashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH natijasida Onix rusumli avtomashina yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

"Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini, tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini va charchoq holatida avtomashina boshqarmasliklarini soʻraymiz", deyiladi xabarda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid