platina.uz
Jamiyat

Toshkentda hokimiyat mutaxassisi pora bilan ushlandi

U Uchtepa tumani hududida buzilishi lozim boʻlgan savdo doʻkonlari va boshqa manzillar roʻyxati tuzilayotganligini roʻkach qilib, tadbirkordan pul olgan. 

Toshkentda hokimiyat mutaxassisi pora bilan ushlandi

Hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi noqonuniy ravishda tadbirkordan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hokimiyat vakili goʻyoki joriy yilda Uchtepa tumani hududida buzilishi lozim boʻlgan savdo doʻkonlari va boshqa manzillar roʻyxati tuzilayotganligini roʻkach qilgan.

Soʻngra tadbirkorga tegishli doʻkonni tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali mazkur roʻyxatga kiritmaslik hamda buzdirmaslik evaziga ushbu pul mablagʻini talab qilgan.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid