platina.uz
Jahon

Kanada AQShdan yuz oʻgirmoqda(mi)? Bosh vazir Xitoyga boradi

Bu Kanada bosh vazirining soʻnggi sakkiz yildan ortiq vaqt ichidagi Xitoyga ilk tashrifi boʻladi. Safar AQSh rahbariyatiniing hududiy daʼvolari kuchaygan pallada amalga oshiriladi. 

Kanada AQShdan yuz oʻgirmoqda(mi)? Bosh vazir Xitoyga boradi

Kanada AQShdan yuz oʻgirmoqda: Bosh vazir Mark Karni kelasi hafta Xitoyga tashrif buyuradi.

Bu tashrif Kanada iqtisodiyoti va suverenitetiga tahdid solayotgan AQShga boʻlgan qaramlikni kamaytirish yoʻlidagi saʼy-harakatlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Bu Kanada bosh vazirining soʻnggi sakkiz yildan ortiq vaqt ichidagi Xitoyga ilk tashrifi boʻladi. Si Szinpin Mark Karnini oktabr oyida Osiyo–Tinch okeani sammiti chogʻida uchrashuv vaqtida Xitoyga taklif qilgan edi.

Ushbu tashrif ikki davlat oʻrtasida yillar davom etgan keskinlikdan soʻng aloqalarni tiklash jarayoniga toʻgʻri kelmoqda.

“Biz iqtisodiyotimizni bitta savdo hamkoriga qaram boʻlgan holatdan chiqarib, uni yanada kuchli va global zarbalarga bardoshli qilish uchun dunyo boʻylab yangi hamkorliklarni yoʻlga qoʻymoqdamiz” — dedi Karni kecha bergan bayonotida.

Mark Karni 13–17 yanvar kunlari Xitoyda boʻladi. Shuningdek, u 19–21 yanvar kunlari Shveysariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtadigan Jahon iqtisodiy forumi yillik yigʻilishida ham ishtirok etadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan bojlar joriy etish bilan tahdid qilib, mamlakat iqtisodiyoti va suverenitetiga bosim oʻtkazib kelgan. Eng bahsli bayonotlaridan birida u Kanadani “AQShning 51-shtati boʻlishi mumkin” deb atagan.

Xitoy bilan yaqinlashuvga urinish Karni Kanadaning AQShdan tashqari davlatlarga eksportini kelgusi oʻn yil ichida ikki barobarga oshirishni maqsad qilgan bir paytda yuz bermoqda. Bundan tashqari, AQSh va Meksika bilan erkin savdo kelishuvi joriy yilda qayta koʻrib chiqilishi kerak. Hozirda Kanadaning eksportining 75 foizdan ortigʻi AQSh hissasiga toʻgʻri keladi.

Xitoy va Kanada oʻrtasidagi munosabatlar 2018 yil oxirida keskin yomonlashgan edi. Oʻshanda Kanada hukumati AQSh bilan ekstraditsiya kelishuvi doirasida Xitoyning Huawei texnologiya gigantining yuqori martabali rahbarlaridan birini hibsga olgan. Bunga javoban Xitoy ikki nafar Kanada fuqarosini qoʻlga olgan.

Soʻnggi yillarda munosabatlarga yana bir zarba 2024 yilda Kanadaning Xitoydan olib kiriladigan elektromobillar, batareyalar va boshqa mahsulotlarga 100 foizlik boj joriy etish qarori boʻldi. Kanada bu qadamni AQSh bilan hamohang tarzda tashladi.

Bunga javoban Xitoy Kanadaning kanola yetishtiruvchilari, dengiz mahsulotlari eksportchilari va choʻchqa goʻshti ishlab chiqaruvchilariga yuqori bojlar joriy etdi.

Xitoy Kanadaga elektromobillarga qoʻyilgan bojni bekor qilsa, ayrim Kanada mahsulotlariga nisbatan import soliqlarini olib tashlashni taklif qilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid