Sadir Japarov tojik-qirgʻiz chegarasidagi mojaroni toʻxtatishda Shavkat Mirziyoyevning oʻrnini eʼtirof etdi
Oʻzbekiston prezidenti ikki qoʻshni davlat rahbarlari bilan gaplashib, muzokaralar uchun turtki bergan.

Qirgʻiziston prezidenti tojik-qirgʻiz chegarasidagi mojaroni toʻxtatishda Shavkat Mirziyoyevning ham muhim oʻrni boʻlganini bildirdi.
Qirgʻizistonda Prezident Sadir Japarovning rahbarlik faoliyatiga 5 yil toʻlgani munosabati bilan 4 qismdan iborat “Prezident” hujjatli filmi taqdim etildi. Unda Japarov tojik-qirgʻiz chegarasida muammoda Shavkat Mirziyoyevning xizmatlarini eʼtirof etgan.
Japarovga koʻra, Oʻzbekiston Prezidenti doimiy ravishda mintaqaviy nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirib keladi.
U ikki qoʻshni davlat rahbarlariga "fursatni boy bermasdan, oʻzaro kelishuvga borish lozimligini" aytib, muzokaralar uchun turtki bergan.
Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy integratsiya borasidagi qarashlarini shunday izohlagan:
"Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston va Tojikistonni chegaradagi mojarolarni toʻxtatishga undadi, chunki har qanday nizo butun mintaqaning imidjiga salbiy taʼsir qiladi.
Prezidentning aytishicha, agar mintaqada beqarorlik boʻlsa, xorijiy investorlar va turistlar kelmaydi, chunki ular Markaziy Osiyoni bir butun mintaqa sifatida koʻradi".
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yillar davomida tojik-qirgʻiz chegarasida qator mojarolar yuz berdi. Jumladan, shunday toʻqnashuvlardan biri 2024 yil may roʻy bergandi.
Nihoyat 2025 yil mart oyida Sadir Japarov va Emomali Rahmon chegara boʻyicha kelishuvni imzoladilar.
Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi qariyb 1000 km uzunlikdagi chegara vaqti-vaqti bilan toʻqnashuv zonasiga aylanib qolgandi.