Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolari AQSh vizasi olishda 15 ming dollargacha garov puli qoʻyishi lozim boʻladi
Mazkur depozit vizani kafolatlamaydi. Toʻlov viza talablari bajarilgan taqdirda yoki viza rad etilgan taqdirda qaytariladi.

Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari AQSh vizasini olish jarayonida 15 ming dollar garov puli qoʻyishlari kerak boʻladi.
Davlat departamenti veb-saytiga koʻra, fuqarolari kirish vizasiga murojaat qilishda 15 000 dollargacha boʻlgan kafolat depozitini qoʻyishlari shart boʻlgan davlatlar roʻyxatiga yana 25 mamlakatni qoʻshildi.
Viza arizasi xavfsizligi talabi 21 yanvardan kuchga kiradi. Roʻyxatga Jazoir, Angola, Antigua va Barbuda, Bangladesh, Benin, Burundi, Kabo-Verde, Kot-dʼIvuar, Kuba, Jibuti, Dominika, Fiji, Gabon, Qirgʻiziston, Nepal, Nigeriya, Senegal, Tojikiston, Togo, Tonga, Tuvalu, Venesuela va Zimbabve kiritilgan.
Ariza beruvchilardan 5 000 dan 15 000 AQSh dollarigacha boʻlgan garov puli qoʻyishlari talab qilinadi, uning miqdori viza suhbati natijalariga koʻra aniqlanadi. Kafolat depozitini joylashtirish vizani kafolatlamaydi. Toʻlov viza talablari bajarilgan taqdirda yoki viza rad etilgan taqdirda qaytariladi.
Roʻyxatga kiritilgan mamlakatlarning umumiy soni 38 taga yetdi. Roʻyxatga avval Markaziy Osiyodan Turkmaniston ham qoʻshilgan edi.