Prezident bir guruh prokuratura xodimlarini mukofotladi
Ular prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlandi.

Prezident prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Unga koʻra, quyidagi shaxslar taqdirlandi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Kalonov Botir Xamzayevich – Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi
«Mardlik» ordeni bilan
Yunusov Marat Erkinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari
«Doʻstlik» ordeni bilan
Razakova Gulchexra Narzullayevna – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori
«Jasorat» medali bilan
Zaripov Jamshid Baxodirovich – Jizzax viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi
Maxmudov Murodbek Madiyorovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Axmedov Baxridin Tojiyevich – Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori oʻrinbosari
Raximov Ural Tashbulovich – Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi
Yunusov Baxodir Xoliyarovich – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori
«Shuhrat» medali bilan
Gaibbayeva Nigina Tayirjonovna – Namangan viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi
Qobulov Dilmurod Qobulovich – Sirdaryo viloyati prokurori oʻrinbosari.