platina.uz
Iqtisod

Poytaxt IIBB "Humans" kompaniyasi bilan bogʻliq holatni oʻrganmoqda

Dastlab Markaziy bankning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilib, tekshiruv oʻtkazilgan. 

Poytaxt IIBB "Humans" kompaniyasi bilan bogʻliq holatni oʻrganmoqda

Markaziy bank “Humans” MChJ kompaniyasi bilan bogʻliq holat yuzasidan maʼlumot berdi.

“ʼHumans” MChJ kompaniyasiga toʻlov xizmatlarini taqdim etgan “Octogram” AJ toʻlov tashkilotida Markaziy bankning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilib, tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshiruv natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnoma belgilangan tartibda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga huquqiy baho berish va oʻz vakolati doirasida choralar koʻrish uchun taqdim etildi.

Ayni paytda “Humas” kompaniyasi bilan bogʻliq holat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrganilmoqda.

Mazkur holat boʻyicha fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi.

Shu oʻrinda yana bir bor taʼkidlaymizki, har bir bank va toʻlov tashkiloti moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlashi shart, deyiladi Markaziy bank xabarida.
Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida "Humans" ilovada foydalanuvchining oʻzi bilmagan holda pul yechib olinayotgani kuzatilgani haqida maʼlum boʻldi. Markaziy bank P2P amaliyotlarini toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma bergan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid