Oʻzbekiston yoshlari Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi
Terma jamoa bugun Livanga qarshi maydonga tushadi.

Bugun Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.
Jumladan, termamiz bugun Livanga qarshi maydonga tushadi.
Oʻzbekiston — Livan
7 yanvar | 19:00
Oʻyin “Shahzoda Faisal Bin Fahd” stadionida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, guruh bosqichida oʻzbekistonliklarga C guruhida Livan, Eron va Janubiy Koreya raqiblik qiladi.