platina.uz
Jamiyat

Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar hokim, prokuror va IIB rahbarlariga biriktiriladi

3 yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar bilan huquq-tartibot idoralarining taʼlim va ilmiy tashkilotlari shugʻullanadi. 

Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar hokim, prokuror va IIB rahbarlariga biriktiriladi

Mahallalar masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi.

“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali tizimni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026 yilda hududlar masʼul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi:

- kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga;

- 5 yildan buyon “qizil” toifada boʻlayotgan mahallalar – Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning oʻrinbosarlariga;

- 3 yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar – huquq-tartibot idoralarining taʼlim va ilmiy tashkilotlariga;

- kriminogen vaziyati eng ogʻir tuman va shaharlar – viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlariga;

- ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmogʻi eng yuqori boʻlgan mahallalar – tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sogʻliqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid