Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha yangi tizim
Platina.uz mazkur qonun, umuman sohadagi yangi tartib-tamoyillarni sharhlab berishi uchun Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Dilshodxon Muhamedjonova bilan suhbatlashdi.

Yaqin ӯtmishda ayrim xususiy korxonalar ayollarni ishga olganida, azbaroyi “dekret” puli va boshqa nafaqalarni toʻlamaslik uchun, ayollarni tugʻuruqdan oldin boʻshatib yuborishar edi. Ayrimlari esa soliqdan va ijtimoiy nafaqalardan qochib, “konvertda” maosh berishga oʻtib olgan edi. Baʼzan umuman ayollarni ishga qabul qilishni istamaydiganlar topildi.
Ammo endi bunga chek qoʻyiladigan boʻldi. Ӯtgan yilning 9 dekabr kuni “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 17 dekabrdagi 796-sonli qarori bilan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Ilk bor ijtimoiy toʻlov masʼuliyati ish beruvchi zimmasidan olinib, sugʻurta mexanizmiga oʻtkazildi.
Yangi tizimga muvofiq mazkur nafaqalar barcha ishlovchilarga teng shartlar asosida Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan toʻlab beriladi.
Platina.uz mazkur qonun, umuman sohadagi yangi tartib-tamoyillarni sharhlab berishi uchun Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Dilshodxon Muhamedjonova bilan suhbatlashdi.