platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonga eng koʻp oʻqish maqsadida kelayotgan davlat fuqarolari maʼlum boʻldi

Xorijlik talabalarning katta qismini Hindiston fuqarolari tashkil etadi. Turkmanistonliklar ikkinchi oʻrinda. 

Oʻzbekistonga eng koʻp oʻqish maqsadida kelayotgan davlat fuqarolari maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan TOP-20 davlat fuqarolari maʼlum qilindi. Milliy statistika qoʻmitasi bu haqda maʼlumot berdi.

2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 54,3 % ga oshgan.

Joriy yilning 11 oyida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Hindiston — 16,3 ming nafar

Turkmaniston — 8,9 ming nafar

Tojikiston — 2,7 ming nafar

Pokiston — 1,7 ming nafar

Xitoy — 1,4 ming nafar

Janubiy Koreya — 870 nafar

Qirgʻiz Respublikasi — 823 nafar

Misr — 737 nafar

Filippin — 501 nafar

AQSh — 464 nafar

Turkiya — 357 nafar

Afgʻoniston — 291 nafar

Iordaniya — 194 nafar

Buyuk Britaniya — 179 nafar

Rossiya — 164 nafar

JAR — 155 nafar

Eron — 115 nafar

Qozogʻiston — 113 nafar

Bangladesh — 97 nafar

Italiya — 94 nafar.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid