Nodir Muhiddinov “Oʻzbekneftgaz” raisi oʻrinbosari etib tayinlandi
U “Oʻzbekneftgaz” tizimi, Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasida masʼul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Muhiddinov Nodir Ubaydullayevich “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining geologiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nodir Muhiddinov geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish, uglevodorod resurslarini oʻrganish va qazib chiqarish jarayonlarini boshqarish yoʻnalishlarida koʻp yillik boy tajriba ega.
Mehnat faoliyatini Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutidan boshlagan va “Oʻzbekneftgaz” tizimi, Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasida masʼul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, dekabrda Abdugʻani Sanginov "Oʻzbekneftgaz" raisi etib tayinlangandi.
U tayinlovga qadar "Oʻzbekgidroenergo"ga rahbarlik qilib kelgan.