Byudjet daromadlarini prognozlashtirish tartibi belgilandi
Prognoz koʻrsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Prezident Administratsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibi belgilandi.
“Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–397-son, 30.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026 moliya yilida:
- Davlat byudjeti daromadlari boʻyicha choraklik prognoz koʻrsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan daromad manbalari hamda hududlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
- prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangandan soʻng 3 ish kunida tuman va shaharlarning byudjet daromadlari boʻyicha daromad manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi;
- yuqorida belgilangan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.
2026 yildan kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi.