platina.uz
Jahon

Shimoliy Koreya gipertovushli raketalar sinovini oʻtkazdi

Kim Chen In mashqlarni shaxsan kuzatgan. Bu Venesuela voqealari fonida roʻy berdi. 

Shimoliy Koreya gipertovushli raketalar sinovini oʻtkazdi

Shimoliy Koreya gipertovushli raketalarni uchirish mashqlarini oʻtkazdi, deb xabar berdi Markaziy axborot agentligi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, sinovlar Pxenyanning Ryokpo hududidan amalga oshirildi.

Raketalar Yaponiya dengizida 1000 kilometr uzoqlikdagi nishonlarga zarba berdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mashqlarni shaxsan kuzatdi. U sinovlar "muhim mudofaa va texnik vazifa"ni bajarganini taʼkidladi va yadroviy toʻxtatuvchi kuchlarni yaratishni strategik ustuvor vazifa deb atadi.

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 4 yanvar kuni ertalab Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi. Raketalar Pxenyan yaqinidan uchirildi va taxminan 900 kilometr masofani bosib oʻtdi.

Janubiy Koreya rasmiylari raketa uchirilishiga javoban milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha favqulodda yigʻilish oʻtkazdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid