OAV: namoyishlar bostirilmasa Eron rahbari Moskvaga qochadi
Ali Xomanaiyning evakuatsiya rejasi 2024 yil dekabr oyida hokimiyatdan agʻdarilgan va Rossiyada boshpana olgan Suriya prezidenti Bashar Asadning qochishiga asoslangan boʻlishi mumkin.

Agar xavfsizlik kuchlari mamlakatdagi norozilik namoyishlarini bostira olmasa, Eron Oliy Rahbari Ali Xomanaiyni Tehrondan evakuatsiya rejasini ishlab chiqildi. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi razvedka maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Agar Eron xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tinchita olmasa, 86 yoshli Xomanaiy poytaxtni 20 nafar oila aʼzosi va yordamchilari bilan tark etish niyatida, deb yozadi gazeta. Xususan, rejada Eron Oliy Rahbarining oʻgʻli va merosxoʻri Mojtaba Xomanaiyni evakuatsiya qilish koʻzda tutilgan, deyiladi xabarda.
Isroil sobiq razvedka xodimi Benni Sabtining soʻzlariga koʻra, Ali Xomanaiy Moskvaga ketishi mumkin, chunki "u uchun boshqa joy yoʻq".
The Times iqtibos keltirgan xabarda Eron Oliy Rahbari 2025 yil iyun oyida Isroil bilan 12 kunlik urushdan keyin "zaiflashgani" aytilgan. Ali Xomanaiy uzoq vaqt davomida, jumladan, Erondagi soʻnggi bir necha kunlik norozilik namoyishlari paytida ham, deyarli omma oldida koʻrinmagan.
Gazetaning xabar berishicha, Ali Xomanaiyning evakuatsiya rejasi 2024 yil dekabr oyida hokimiyatdan agʻdarilgan va Rossiyada boshpana olgan Suriya prezidenti Bashar Asadning qochishiga asoslangan.
2025 yil sentabr oyi oxirida Suriya sudi sobiq prezidentni sirtdan hibsga oldi va unga qotillik, qiynoq va noqonuniy qamoq jazosi berishda ayblov qoʻydi. Dekabr oyi boshida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan sobiq Suriya rahbarining taqdiri haqida soʻrashdi, ammo u Asadning Rossiyada qolishi haqida hech qanday maʼlumot berishdan bosh tortdi.