platina.uz
Jahon

AQShning Venesuelaga hujumi ortidan oltin keskin qimmatlashdi

Bu holat bozor ishtirokchilari allaqachon duch kelayotgan noaniqliklarni kuchaytirib, xavfsiz aktiv sifatida qimmatbaho metallga boʻlgan talabni oshirdi. 

AQShning Venesuelaga hujumi ortidan oltin keskin qimmatlashdi

AQSh Venesuela prezidentini qoʻlga olgani ortidan oltin narxlari keskin oshdi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qoʻlga olinishi geosiyosiy keskinlikni kuchaytirib, xavfsiz aktivlarga boʻlgan talabni oshirdi. Natijada 1 gram oltinning narxi 156,37 dollarni tashkil qilmoqda.

Oltin narxi 2,4 foizga oshib, bir unsiya (28,35 gram) uchun 4.433,29 dollarga yetdi. Bu koʻrsatkich 29 dekabrdan beri eng yuqori daraja boʻlib, oltin 26 dekabr kuni rekord darajadagi 4 549,71 dollarga ham yetgan edi.

Market Pulse platformasi tahlilchisi Zayn Vavdaning aytishicha, oltin narxi AQSh va Venesuela oʻrtasidagi dam keskinlik natijasida koʻtarilmoqda . Bu holat bozor ishtirokchilari allaqachon duch kelayotgan noaniqliklarni kuchaytirib, xavfsiz aktiv sifatida qimmatbaho metallga boʻlgan talabni oshirdi.

AQSh tomonidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qoʻlga olinishi ortidan 2026 yil 5 yanvar, oltin narxi odamlarning xavfsiz aktivga boʻlgan talabi ortidan 2 foizdan koʻproqqa oshdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 4 yanvar kuni jurnalistlarga agar Venesuela AQShning neft sanoatini ochish va giyohvand moddalar savdosini toʻxtatish boʻyicha saʼy-harakatlariga hamkorlik qilmasa, yana zarba berish buyruqini berishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, u Kolumbiya va Meksika noqonuniy giyohvand moddalar oqimini kamaytirmasa, harbiy choralar koʻrilishi ehtimolini ham tilga oldi.

Vavdaning qoʻshimcha qilishicha, Tramp maʼmuriyatining Venesuela amaliyotidan soʻng Meksika boʻyicha bildirgan tezkor bayonotidan soʻng Lotin Amerikasida kelgusidagi harbiy harakatlar yuzasidan savollarni koʻpaytirdi. Bu esa yaqin muddatda oltin narxi va unga talab yuqori boʻlishidan dalolat beradi.

Oʻtgan yili oltin narxi qariyb 64 foizga oshib, 1979 yildan beri eng katta yillik oʻsishni qayd etdi. Bunga AQSh Federal rezerv tizimi foiz stavkalarini pasaytirishi, geosiyosiy keskinliklar, markaziy banklarning faol xaridlari hamda birja savdo fondlaridagi zaxiralarning ortishi sabab boʻldi.

Bozorlar joriy yilgi pul-kredit siyosati boʻyicha qoʻshimcha ishoralarni juma kuni eʼlon qilinadigan dekabr oyiga oid qishloq xoʻjaligidan tashqari bandlik maʼlumotlaridan kutmoqda. Investorlar joriy yilda AQShda kamida ikki marta foiz stavkalari pasaytirilishini kutishmoqda.

Boshqa qimmatbaho metallarga kelsak, kumush narxi 4,9 foizga oshib, bir unsiya (28,35 gram) uchun 76,18 dollarga yetdi. U 29 dekabr kuni rekord darajadagi 83,62 dollarga chiqib olgan edi.

Oʻtgan yili kumush narxi 147 foizga keskin oshdi. Bunga AQShDA muhim strategik mineral sifatida tan olinishi, taʼminotdagi doimiy tanqislik hamda investorlar va sanoat tomonidan talabning ortib borishi turtki boʻldi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid