platina.uz
Jahon

Delsi Rodriges vaqtinchalik Venesuela prezidenti etib tayinlandi

U 2018 yildan buyon vitse-prezident lavozimini oʻtab kelayotgan edi. Ushbu lavozimga uni Maduroning oʻzi tayinlagan. 

Delsi Rodriges vaqtinchalik Venesuela prezidenti etib tayinlandi

Nikolas Maduroning davomchisi Delsi Rodriges vaqtinchalik Venesuela prezidenti etib tayinlandi.

U 2018 yildan buyon vitse-prezident lavozimini oʻtab kelayotgan edi. Ushbu lavozimga uni Maduroning oʻzi tayinlagan.

AQSh tomonidan uyushtirilgan 3 yanvardagi hujumdan soʻng, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh harbiylari tomonidan qoʻlgan olindi. Xabar berib oʻtganimizdek, u AQSh da sudga tortilishi maʼlum boʻlgan edi.

Ushbu favqulodda vaziyatda, Venesuela Oliy sudining Konstitutsiyaviy palatasi vitse-prezident Delsi Rodriges Nikolas Maduro yoʻqligida mamlakatning muvaqqat prezidenti vazifasini bajarishini qaror qildi.

Sud qarorida aytilishicha, Rodriges maʼmuriy birlikni taʼminlash va millatning har tomonlama mudofaasini kafolatlash maqsadida Venesuela Respublikasining Prezidenti lavozimini egallaydi.

Delsi Rodriges kim?

Delsi Rodriges 1969 yil 18 mayda tugʻilgan. U 1970 yillarda inqilobiy Liga Socialista partiyasiga asos solgan soʻl qanot partizan jangchisi Xorxe Antonio Rodrigesning qizi hisoblanadi.

U huquqshunos va Venesueladagi hukmron Birlashgan sotsialistik partiya (PSUV)ning yetakchi arboblaridan biri boʻlib, soʻnggi oʻn yil davomida mamlakatdagi eng qudratli lavozimlardan bir nechtasini egallab kelgan. U 2014 yilda tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

2018 yil iyun oyida Rodriges vitse-prezident etib tayinlangan. Bu haqda Maduro X tarmogʻida eʼlon qilib, uni “yosh, jasur, tajribali, shahidning qizi, inqilobchi va minglab sinovlardan oʻtgan ayol” deya taʼriflagan.

Faoliyati davomida Rodriges Maduro hokimiyatini doimiy va ochiq himoya qilib kelgan. Tashqi ishlar vaziri sifatida u Venesuelani Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro forumlarda vakillik qilgan, Venesuelada demokratiya tanazzulga uchrayotgani haqidagi ayblovlarni rad etgan hamda Maduro hukumatiga nisbatan AQSh va Yevropa tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni keskin tanqid qilgan.

U vitse-prezidentlik lavozimi bilan bir vaqtda moliya vaziri va neft vaziri sifatida ham faoliyat yuritib kelgan. Bu esa uni Venesuela iqtisodiyotini boshqarishda muhim shaxsga aylantirgan va zaiflashgan xususiy sektor ustidan katta taʼsir kuchini bergan. Inflyatsiyani jilovlash maqsadida u nisbatan anʼanaviy (ortodoks) iqtisodiy siyosatni qoʻllagan.

3 yanvar kuni davlat televideniyesida namoyish etilgan audio murojaatida Rodriges AQSh hukumatidan Maduro va uning rafiqasi tirik ekanini tasdiqlovchi dalillar taqdim etishni talab qildi. Hozircha ularning aniq qayerdaligi nomaʼlum.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid