platina.uz
Jamiyat

Ucell sobiq rahbari: "Otamni vazir boʻlishidan bir hafta avval oʻldirib ketishgan"

Vladimir Kravchenko otasining fojiali oʻlimi haqida ilk bor ochiq maʼlumot berdi. 

Ucell sobiq rahbari: "Otamni vazir boʻlishidan bir hafta avval oʻldirib ketishgan"

Ucell’ning sobiq rahbari Vladimir Kravchenko dadasi vazir boʻlishidan bir hafta avval oʻldirib ketilgani haqida gapirdi.

Ucell kompaniyasining sobiq bosh direktori, shuningdek, Uzmobile’ga ham bir muddat rahbarlik qilgan Vladimir Kravchenko otasining fojiali oʻlimi haqida Nima Gap podkastida ilk bor ochiq maʼlumot berdi.

Kravchenkoning aytishicha, uning otasi oʻz vaqtida aloqa vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

1996 yilda esa marhum prezident Islom Karimov uni vazir lavozimiga tayinlashga qaror qilgan. Biroq oradan bir hafta oʻtgach oʻldirib ketishgan.

“Suhbatga kiryaptilar. Ikki haftadan keyin vazir boʻlasan, deyishyapti. Bir haftadan keyin esa shu ish boʻlyapti. Koʻz oldimda oʻldirib ketishgan”, deydi Kravchenko.

Uning aytishicha, otasining oʻlimidan soʻng, ikki kishi qamoqqa olingan, ammo qotillikning asosiy sababi va aybdorlari nomaʼlumligicha qolgan.

"Oʻzlari bilan 500 ta videokassetani ham olib chiqib ketishgan", deydi Kravchenko.

Kravchenko 1985 yil tugʻilgan, Toshkent xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan. U 2018 yilda Ucellʼga direktor boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid