platina.uz
Jahon

Tramp Venesuela prezidenti qoʻlga olinganini eʼlon qildi

Maduro va uning rafiqasi ushlanib, mamlakatdan olib chiqilgan. 

Tramp Venesuela prezidenti qoʻlga olinganini eʼlon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Maduro va uning rafiqasi qoʻlga olinib, mamlakatdan olib ketilganini maʼlum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bugun Venesuelada amalga oshirilgan AQSh zarbalari haqida fikr bildirdi. U bu haqda Truth Social tarmogʻida yozgan.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari Venesuela va uning yetakchisi, prezident Nikolas Maduroga qarshi keng koʻlamli zarbani muvaffaqiyatli amalga oshirdi, u rafiqasi bilan birga qoʻlga olinib, mamlakatdan olib ketildi.

Ushbu operatsiya AQSh huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Tafsilotlar keyinroq eʼlon qilinadi. Bugun soat 11:00 da Mar-a-Lagoda matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Eʼtiboringiz uchun tashakkur! Prezident Donald Tramp”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq AQSh kuchlari Venesuela poytaxtiga hujum boshlagani xabar berilgandi.

Karakasda portlash va otishma ovozlari eshitilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid