Rossiyada oʻzbek transgenderlari ushlangani haqida feyk xabarlar tarqaldi
Platina.uz ushbu maʼlumotga aniqlik kiritish uchun Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati bilan bogʻlandi.

Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi ayrim telegram kanallarda Rossiyada oʻzbekistonlik transgenderlar ushlangani haqida yolgʻon xabarlar zoʻr berib tarqatildi.

Platina.uz ushbu maʼlumotga aniqlik kiritish uchun Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati bilan bogʻlandi. TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov mazkur xabarlarni tasdiqlamadi.
Platina.uz faktcheking oʻtkazib, xabarning asl manbasini topdi. U yerda oʻzbek yo Oʻzbekiston haqida biror gap aytilmagan.
Milonov ismli deputatning maʼlum qilishicha, yangi yil bayramida reyd uyushtirilgan va ushbu jinoiy guruh ushlangan.
Oʻzbek kanallarining bunday feyk xabar tarqatishlariga nima sabab boʻlgani hozircha nomaʼlum.
