platina.uz
Iqtisod

Dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,5 foizga qimmatlashdi

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan baqlajon, bodring, pomidor, bulgʻor qalampiri, karamning eng koʻp narxi oshgan. 

Dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,5 foizga qimmatlashdi

Dekabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,9 % ga oshgan.

Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. 2025 yilning dekabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,9 % ga oshgan.

Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 107,3 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning shu oyiga (2024 yil dekabr — 109,8 %) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.

Dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,5 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga hamda aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,7 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan baqlajon (55,9 %), bodring (55,7 %), pomidor (25,1 %), bulgʻor qalampiri (22,9 %), karam (22,8 %), qovoq (10,5 %), anor (7,2 %), uzum (6,7 %), banan (3,5 %), tovuq tuxumi (3,4 %), olma (2,3 %), kartoshka (0,7 %), qoʻy goʻshti (0,5 %) va mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) (0,5 %) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy taʼsir koʻrsatdi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyatsiyani pasaytiruvchi omil sifatida sabzi (-7,5 %), mandarin (-3,5 %), shakar (-2,6 %), barcha navdagi guruch, guruch oqshogʻi (-1,8 %) va kungaboqar yogʻi (-0,5 %) narxlarining pasayishi muhim hissa qoʻshdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan benzin (2,4 %), kiyim va poyafzal (0,2 %) hamda propan (1,3 %) narxlarida oʻsish kuzatildi.

Shuningdek, xizmatlar narxi va tariflarida mobil aloqa xizmatlari (4,9 %), shahar avtobusida yoʻl haqqi (3,2 %), maishiy chiqindi uchun haq toʻlash (3,0 %), xalqaro yoʻlovchi havo transporti (2,0 %) va repetitorlik (0,8 %) narxlari oshishi asosiy omil boʻlib xizmat qildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid