Yangi yilning birinchi sutkasida 1815 nafar chaqaloq tugʻildi
2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859 nafar, 2025 yilda esa 1641 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.

SSV xabariga koʻra, Yangi yilning birinchi sutkasida 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859 nafar, 2025 yilda esa 1641 nafar chaqaloq tugʻilgan edi.
2026 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan goʻdaklarning:
894 nafari qiz,
921 nafari oʻgʻil.
Eng koʻp chaqaloq Surxondaryo viloyatida (243 nafar) tugʻildi.
Shuningdek, keyingi oʻrinlarda:
Fargʻona viloyati — 216 nafar,
Namangan viloyati — 194 nafar,
Qashqadaryo viloyati — 191 nafar,
Samarqand viloyati — 191 nafar,
Andijon viloyati — 157 nafar,
Toshkent shahri — 143 nafar,
Toshkent viloyati — 129 nafar,
Buxoro viloyati — 85 nafar,
Jizzax viloyati — 76 nafar,
Xorazm viloyati — 65 nafar,
Navoiy viloyati — 55 nafar,
Qoraqalpogʻiston R. — 41 nafar,
Sirdaryo viloyati — 29 nafar.
Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor, yaʼni 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.