platina.uz
Jamiyat

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi: TIV nota yubordi

Xabarovsk shahrida yuz bergan voqea Vladivostokdagi Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingani aytilgan. 

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi: TIV nota yubordi

Rossiyada oʻzbekistonlik shaxs vafot etdi, Oʻzbekiston nota yubordi.

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida Oʻzbekiston fuqarosining vafoti bilan bogʻliq holat Oʻzbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada boʻlib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam koʻrsatmoqda. Fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Hodisa yuzasidan Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk oʻlkasi Prokuraturasi, Tergov boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Xabarovsk oʻlkasidagi vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda oʻrganish soʻraldi.

"Ayni paytda fuqaroning vafot etish sabablari boʻyicha rasman tasdiqlangan maʼlumot mavjud emas. Tegishli idoralardan aniq maʼlumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qoʻshimcha axborot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinchi fuqaro haqidagi maʼlumotlar tasdiqlanmadi.

Oʻzbekiston diplomatlari xorijdagi har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifa deb biladi", deyiladi TIV xabarida.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid