Ijtimoiy soha boʻyicha yangi jamgʻarma tashkil etiladi
U soha obʼektlarini qurish va taʼmirlashni moliyalashtirish maqsadida tuziladi.

Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
“Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–398-son, 30.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, ijtimoiy soha obʼektlarini qurish va taʼmirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
- umumtaʼlim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
- taʼlim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, oʻquv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash;
- boshqa ijtimoiy yoʻnalishlardagi qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.
