platina.uz
Jamiyat

Sanginovning oʻgʻli "Oʻzbekgidroenergo" AJga vaqtinchalik rahbar etib tayinlandi

U 2021 yilda Toʻpalang HDP Holding bilan 138 mln dollarlik loyihani tendersiz yutib olgani shov-shuv boʻlgandi. 

Sanginovning oʻgʻli "Oʻzbekgidroenergo" AJga vaqtinchalik rahbar etib tayinlandi

Abdurahmonov Islom Abdugʻaniyevich 18 dekabrdan "Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Platina.uz ushbu masalada AJ axborot xizmati bilan bogʻlanganda ular maʼlumot berishni istashmagan edi.

U mazkur tashkilotni avval boshqargan Abdugʻani Sanginovning oʻgʻli sanaladi. 2021 yilda OAV unga qarashli boʻlgan Toʻpalang HDP Holding 138 mln dollarlik loyihani tendersiz amalga oshirgan haqida yozgandi.

Bir necha kun avval "Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich lavozimidan ozod etilgan va "Oʻzbekneftegaz" rahbari etib tayinlangandi.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid