Shuhrat Qalandarov Termiz tumani hokimi etib tayinlandi
U avval soliq inspeksiyasi boshligʻi, Termiz va Sariosiyo tumanlari hamda Termiz shahrida hokimning birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov tuman hokimi vazifasiga Qalandarov Shuhrat Iskandarovich nomzodini taklif qildi va nomzod tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi. Nomzod Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.
Shuhrat Qalandarov 1981 yilda Denov tumanida tugʻilgan. 2004 yilda Termiz davlat universitetini, 2015 yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, Termiz tumanida davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Termiz va Sariosiyo tumanlari hamda Termiz shahrida hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avval Termiz tumanini Shuhrat Nazarov boshqargandi.