platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Putinning qarorgohiga hujumni qoraladi

Ikki rahbar suhbatida Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Putinning qarorgohiga hujumni qoraladi

30 dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentining Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qatʼiy qoraladi.

Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan saʼy-harakatlarga tahdid solishi taʼkidlandi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, boʻlajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Suhbat yakunida yetakchilar kirib kelayotgan yangi – 2026 yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid