Qumqoʻrgʻon sobiq hokimi Denov tumaniga rahbarlik qiladi
Oʻktam Salomov esa Prezident qarori bilan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Bugun Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ilhom Abrorov vazifasidan ozod etilgani taʼkidlandi.
Viloyat rahbari deputatlar eʼtiboriga Denov tumani hokimi lavozimiga Normamatov Anvar Mamatovich nomzodini taklif etdi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.
Maʼlumot uchun, Anvar Normamatov 1981 yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2003 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli masʼul lavozimlarda xizmat qilgan. Jumladan, Sariosiyo, Uzun va Qiziriq tumanlari hamda Termiz shahar Ichki ishlar boʻlimlarida boshliq, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar esa Qumqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Prezident qarori bilan Salomov Oʻktam Rahimovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.
Oʻktam Salomov 1977 yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. Fizika fanlar doktori.
Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.